U21 chempionati. 25-tur
«Bunyodkor U21» – «Mash’al U21» 2:1
⚽️ Gollar: Izzatillo Abdulhaqov (17, penalti, 0:1), Egamberdi Sharipov (85, 1:1), Abdulqodir Mirfayziev (90+1, 2:1).
U21 chempionati 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Mash’al U21» jamoasi Toshkentda «Bunyodkor U21» mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda jamoamiz hisobda oldinga chiqishga muvaffaq bo‘ldi, biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida o‘tkazib yuborilgan gollar natijasida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Izzatillo Abdulhaqov penaltini aniq amalga oshirib, «Mash’al U21»ni hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1.
Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasida Egamberdi Sharipov hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 90+1-daqiqada esa Abdulqodir Mirfayziev mezbonlarga g‘alaba keltirgan golni kiritdi — 2:1.
Shu tariqa, «Mash’al U21» jamoasi safarda imkoniyatni boy berdi.
Jamoalar tarkibi
«BUNYoDKOR» U21
22. Muhammad Yusuf Sobirov (s), 19. Mirkomilbek Murodov, 20. Abdulfayz Bobomurodov, 23. Tohir Shuhratov, 33. Eldor Naimov, 39. Faxriddin Muhammadov, 56. Abdulqodir Mirfayziev, 63. Jahongirmirzo O‘ktamboev, 70. Shahobiddin Po‘latov, 81. Abdusamir Ilhomov, 97. Muhammadali Adhamov.
Zaxiradagilar: 12. Aziz Alimboev, 29. Sanjar To‘xtapo‘latov, 31. Abdurahmon Sulaymonov, 40. Javohir Orziqulov, 47. Bunyodbek Bahodirov, 55. Abdurahmon Otaxonov, 79. Sardorbek Fayzullaev, 80. Muhammadali Qodirjonov, 90. Egamberdi Sharipov.
Bosh murabbiy: Lutfullo To‘raev.
«MASh’AL» U21
25. Samandarbek Jo‘rabekov, 3. Sardorbek Salimov, 6. Javohir Ubaydullaev, 22. Muhammadbobir Mo‘ydinov, 33. Boymurod Shamuradov, 40. Ruhiddin Xolmatov, 70. Azizbek Choriev, 77. Izzatillo Abdulhaqov, 79. Mironshoh Xamidov, 88. Ahrorbek Rahimov (s), 96. Muhammadyusuf Valijonov.
Zaxira o‘yinchilari: 75. Kamronbek Hamroev (darvozabon), 29. Shohbozbek Abdulazizov, 36. Javohir Abdulazizov, 41. Asadbek Umarqulov, 63. Pavel Bureev, 66. Isomiddin Nusratov, 71. Sherxon G‘afurov, 74. Abbosbek Kamolov, 87. Muhammadali Boymurodov.
Bosh murabbiy: Otabek Narzullaev.