"Mash’al" futbol klubining U21 jamoasi tarkibi yangi futbolchilar bilan to‘ldirildi. Yoshlar jamoasi safini tajribali va iqtidorli futbolchilar to‘ldirgani — jamoa muvaffaqiyatiga xizmat qilishi shubhasiz.
Avvalo, "Dinamo" jamoasi sharafini himoya qilib kelgan 22 yoshli yarim himoyachi Vohidjon Oqbo‘taev "Mash’al" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Uning tajribasi va maydondagi xunarlari yoshlarimiz uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, klubning U19 jamoasida to‘p surgan va o‘z salohiyatini namoyon etgan ikki yosh iqtidor egasi — 17 yoshli Yarashev Sunnatulla va 17 yoshli Valijonov Muhammadyusuf professional shartnoma asosida U21 jamoasi tarkibiga rasman qo‘shildi.
Yoshlarimizning bosqichma-bosqich o‘sib, asosiy tarkibgacha yetib borishi — klubning uzluksiz va samarali ish olib borayotganidan dalolat beradi. Yangi futbolchilarga omad va zafarlar tilaymiz!