Muborak futbolining yangi nafasiga aylanayotgan “Mash’al-W” ayollar jamoasi O‘zbekiston ayollar birinchi ligasida munosib ishtirok etib kelmoqda. Qizlarimiz har bir uchrashuvda xarakter, intilish va g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlikni namoyon etib, muxlislar e’tiborini qozonmoqda.
Sarvinoz Ergasheva boshchiligidagi jamoa hozirga qadar chempionatning 4 ta turida maydonga tushib, 7 ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqada 3 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Natijalardan qat’i nazar, jamoamizning har bir bahsida o‘sish, tajriba va kelajak uchun mustahkam poydevor ko‘zga tashlanmoqda.
Ayniqsa, yosh futbolchi qizlarning futbolga bo‘lgan mehri, mashg‘ulotlardagi intizomi va maydondagi fidoyiligi kelajakda “Mash’al-W”ni yanada kuchli jamoaga aylantirishiga ishonch uyg‘otadi. Bugungi harakat va mehnat ertangi yirik g‘alabalarning asosidir.
Muborak futbolida ayollar futboli ham izchil rivojlanib borayotgani quvonarli holat. “Mash’al-W” nafaqat musobaqada ishtirok etmoqda, balki hududimizda qizlar futboli ommalashishiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
Qizlarimizga keyingi uchrashuvlarda omad, ishonchli o‘yin va yangi zafarlar tilaymiz! 💙🔥






