U21 chempionatining 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Mash’al” yoshlari Muborakda “Navbahor” U21 jamoasini qabul qildi.
Bahodir Murtozaev shogirdlari murosasiz kechgan bellashuvda raqibdan 3:2 hisobida ustun keldi. Uchrashuv yuqori sur’atlarda boshlandi va dastlabki daqiqalardanoq mezbonlar tashabbusni qo‘lga olishdi. 14-daqiqada tezkor hujumni Vohidjon Oqbo‘taev gol bilan yakunlab, hisobni ochdi — 1:0. Oradan ko‘p o‘tmay, Sherxan G‘ofurov raqib darvozasiga yo‘l topib, mezbonlarning ustunligini mustahkamladi — 2:0. Birinchi taym yakunlanishi arafasida Elnur Saitmuratov raqib himoyasidagi xatodan foydalanib, aniq zarba yo‘lladi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi — 3:0.
Ikkinchi taymda “Navbahor” yoshlari faol o‘yin namoyish etib, 80-daqiqada Navro‘zbek Iminjonov ortiqchani qisqartirdi — 3:1. Uchrashuvning qo‘shimcha daqiqalarida Shahzodbek Mahmudxojiev yana bir gol urdi — 3:2.
Shunga qaramay, “Mash’al” yoshlari o‘yin intizomi va sobitqadamligi tufayli g‘alabani saqlab qolishdi va muhim ochkolarni qo‘lga kiritishdi.
U21 chempionati, 29-tur
Mash’al — Navbahor: 3:2
Gollar:
· Vohidjon Oqbo‘taev — 14 (1:0)
· Sherxan G‘ofurov — (2:0)
· Elnur Saitmuratov — 45+1 (3:0)
· Navro‘zbek Iminjonov — 80 (3:1)
· Shahzodbek Mahmudxojiev — 90+3 (3:2)
“Mash’al” U21 jamoasi turnirdagi pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda. Jamoaga keyingi uchrashuvlarda ham omad tilaymiz.






