Muhammadali Aliqulov “Mash’al” bilan shartnomani uzaytirdi

27.01.2026

“Mash’al” professional futbol klubi tajribali himoyachi Muhammadali Aliqulov bilan tuzilgan shartnoma yana bir yilga uzaytirdi

 2026-yilgi mavsumda ham "Mash’al" sharafini himoya qiladigan Aliqulov jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. U himoya chizig‘idagi barqaror o‘yini, katta tajribasi va maydondagi ishonchli harakatlari bilan murabbiylar shtabi hamda muxlislarning ishonchiga sazovor bo‘lgan.

 O‘tgan mavsumlarda Muhammadali "Mash’al" tarkibida yuqori saviyadagi o‘yin namoyish etib, jamoaning muhim o‘yinlarida salmoqli hissa qo‘shgan. Uning klubda qolishi jamoa himoyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

https://www.transfermarkt.world/mukhammadali-alikulov/profil/spieler/747986