Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

31.08.2026

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan «Mash’al» futbol klubi jamoasi yurtimiz ahli, barcha muxlislarimiz va futbol oilasini samimiy muborakbod etadi!

Mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati, tinch va farovon hayotimiz, ertangi yorqin kelajagimiz uchun mustahkam poydevordir. Bu yilgi qutlug‘ sana «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu g‘oyasi asosida nishonlanmoqda.

«Mash’al» futbol klubi sifatida biz ham yurtimiz taraqqiyoti, yoshlarimiz kamoloti va sportning yanada yuksalishiga o‘z hissamizni qo‘shishni sharafli vazifa deb bilamiz.

Futboldagi har bir g‘alaba singari, yurtimizning har bir yutug‘i ham birlik, mehnat va ishonch bilan qo‘lga kiritiladi.

Shu ulug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Vatanimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi abadiy bo‘lsin!