Navbatdagi raqib — “Bunyodkor” jamoasi

20.10.2025

Superliganing 26-turidaMash’al” jamoasi Toshkentda Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushadi. Bu bellashuv har ikki jamoa uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ilyos Zeytullaev boshchiligidagi “Bunyodkor” jamoasi shu paytgacha 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 43 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 5-pog‘onadan joy olgan. Toshkentliklar oxirgi turlarda ham barqaror o‘yin namoyish etmoqda va yuqori o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, Otabek Narzullaev rahbarligidagi “Mash’al” jamoasi 25 ta bahsdan keyin 23 ochko jamg‘arib, jadvalda 14-o‘rinni egallab turibdi. Muborakliklar uchun har bir uchrashuv katta ahamiyatga ega bo‘lib, jamoa o‘z ochkolar zaxirasini oshirish niyatida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, “Bunyodkor” – “Mash’al” bahsi 26 oktyabr kuni soat 18:30 da Toshkentda bo‘lib o‘tadi.