Navbatdagi raqib – Buxoro jamoasi!

22.09.2025

O‘zbekiston Superligasining 23-tur bahslari doirasida G‘uzor yana bir qiziqarli uchrashuvga mezbonlik qiladi. Ushbu turda jamoamiz – “Mash’al” ,  “Buxoro” klubini qabul qiladi.

Hozirgi holat

“Buxoro” jamoasini yaxshi tanish murabbiy – sobiq “Mash’al” ustozi Aleksandr Xomyakov boshqarib kelmoqda. Jamoa shu kunga qadar 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 20 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Otabek Narzullaev rahbarligidagi “Mash’al” jamoasi esa Superliganing 22 uchrashuvida 22 ochko to‘plab, ayni paytda 12-o‘rinni egallab turibdi.

Uchrashuv haqida

Ko‘p yillik tarixga ega “Mash’al” va “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi bahslar hamisha keskin va murosasiz o‘tgan. Bu safar ham muxlislar qiziqarli va gollarga boy o‘yin kutishlari tabiiy. Jamoamiz o‘z maydonida g‘alaba uchun kurash olib boradi va turnir jadvalida yuqori o‘rinlarga ko‘tarilishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” – “Buxoro” uchrashuvi 30 sentyabr kuni soat 19:00 da G‘uzor markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.