Superliganing 27-tur bahslari doirasida “Mash’al” jamoasi navbatdagi uchrashuvni “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazadi.
Bahrom Haydarov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi shu vaqtga qadar 26 ta o‘yin o‘tkazib, 29 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi. Qo‘qonliklar so‘nggi turda “Navbahor” ustidan 2:0 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi va yaxshi kayfiyatda navbatdagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Otabek Narzullaev shogirdlari — “Mash’al” jamoasi esa 26 turdan so‘ng 23 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Muborakliklar oxirgi besh uchrashuvda g‘alaba qozona olishmadi va endi g‘alaba seriyasini boshlashni maqsad qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing 27-tur bahsi — “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 2 noyabr kuni soat 17:15 da, G‘uzor shahridagi “Sho‘rtan” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

