Navbatdagi raqib — “Sho‘rtan”

02.09.2025

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan haqiqiy Voha derbisida jamoamiz — “Mash’al” safarda “Sho‘rtan”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 11 sentabr kuni soat 18:30 da G‘uzor shahridagi “Sho‘rtan” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

Hozirgi kunda Eldor Moyliev boshchiligidagi “Sho‘rtan” jamoasi 11 ochko bilan musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Otabek Narzullaev qo‘l ostida harakat qilayotgan “Mash’al” esa 20ta bahsdan keyin 18 ochko jamg‘arib, 13-o‘rinda qayd etilgan.

Mazkur voha derbisi har ikki jamoa uchun ham oson kechmaydi. Chunki bahs nafaqat ochkolar uchun, balki jamoalar taqdiriga ta’sir qiladigan hayot-mamot kurashi sifatida o‘tadi. Jamoamiz maydonga munosib natija qayd etish va turnir jadvalida yuqoriroq o‘ringa ko‘tarilish maqsadida tushadi.