NAVBATDAGI RAQIBIMIZ — “DINAMO” JAMOASI

04.08.2025

Superliga–2025 musobaqasining 17-turidan o‘rin olgan navbatdagi muhim uchrashuvda “Mash’al” jamoasi kuchli raqib — “Dinamo” klubini qabul qiladi. Bellashuv 6 avgust kuni G‘uzor shahridagi “Sho‘rtan” markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tadi va soat 20:00 da boshlanadi.

Joriy mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan, tajribali murabbiy Vadim Abramov boshchiligidagi “Dinamo” jamoasi chempionlik uchun faol kurash olib bormoqda. Samarqandliklar 16 tur davomida 30 ochko to‘plab, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turishibdi.

Shu bilan birga, “Mash’al” jamoasi ham Otabek Narzullaev rahbarligida har bir uchrashuvda oxirigacha kurash olib bormoqda. Hozirda jamoamiz 16 ta bahsdan so‘ng 15 ochko jamg‘argan holda, 13-pog‘onada joylashgan.

Ushbu bahs har ikkala jamoa uchun ham juda muhim ahamiyat kasb etadi. “Mash’al” o‘z muxlislari oldida yaxshigina harakat qilib, turnir jadvalida yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishni maqsad qilgan. “Dinamo” esa peshqadamlar qatorida qolish uchun yutuqqa erishishga intiladi.

📅 Uchrashuv sanasi: 6 avgust, chorhanba
🕗 Boshlanish vaqti: 20:00
📍 Manzil: “Sho‘rtan” markaziy stadioni, G‘uzor