Navbatdagi raqibimiz — Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi

21.06.2025

O‘zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichi doirasida “Mash’al” jamoasi muhim o‘yin oldida turibdi. Bu safar muborakliklar Farg‘onada mehmonda — mashhur “Istiqlol” stadionida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi bahs olib boradilar.

Uchrashuv 24-iyun kuni soat 19:30 da start oladi. Ikkala jamoa ham ushbu bosqichni muvaffaqiyatli o‘tkazib, chorak final yo‘llanmasi uchun maydonga tushishadi.

“Mash’al” uchun bu o‘yin nafaqat musobaqadagi keyingi bosqichga chiqish, balki jamoa o‘yinini yanada mustahkamlash, muxlislarni xursand etish imkoniyati hamdir. Bizning yigitlar o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rishmoqda va Farg‘onada munosib o‘yin ko‘rsatishni maqsad qilishgan.

Barcha muxlislarimizni ushbu muhim to‘qnashuvda jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!

 O‘zbeksiton kubogi

1/8 finali 24 iyun 19:30

“Neftchi” - “Mash’al”