Superliganing 18-turida jamoamiz minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi
19 avgust kuni O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan bahsda «Mash’al» o‘z maydonida «Andijon» jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv G‘uzordagi «Markaziy» stadionda soat 20:00 da boshlandi. Tomoshabinlar qiziqarli va murosasiz kechgan bahsga guvoh bo‘lishdi.
Birinchi bo‘limda har ikki jamoa ham raqib darvozasi tomon bir qator hujumlar uyushtirdi. Biroq yakuniy zarbalarda aniqlik yetishmadi va tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov «Andijon»ning yagona goliga mualliflik qildi — 0:1.
Uchrashuvning qolgan qismida «Mash’al» hisobni tenglashtirish uchun bor kuchini ishga soldi. Jamoamiz futbolchilari bir nechta xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, ulardan unumli foydalanishning imkoni bo‘lmadi.
Shu tariqa, bahs «Mash’al» 0:1 «Andijon» hisobida yakunlandi.
O'zbekiston Superligasi. 18-tur
19 avgust 2026 yil. G'uzor, "Markaziy" stadioni. 20:00
"Mashal" - "Andijon" 0:1
Bosh hakam: Rustam Choriev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymanov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Husan Xudayberdiev
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Samandar Ibragimov
Gol: 0:1 – 53, Po'latxo'ja Xoldorxonov (Imeda Ashortia)
Ogohlantirishlar: Humoyunmirzo Iminov (44), Mahmud Jo'raboev (45+4), Aleksandre Andronikashvili (59)
"Mashal": 35. Dostonbek To'xtaboev, 2. Zafarbek Akramov (22. Muhammadbobir Mo'ydinov, 46), 4. Strahinya Boshnyak, 5. Komiljon Tojidinov, 8. Sardor Abduraimov, 9. Ibrohim G'anixonov (11. Mahmud Jo'raboev, 12), 10. Humoyun Murtozaev (19. Tohirbek To'xtasinov, 46), 24. Ifeani Ifeani (88. Ahrorbek Rahimov, 54), 28. Ergash Ismailov, 63. Pavel Bureev, 70. Azizbek Choriev (72. Normurod Ko'charov, 59).
Zaxira: 25. Samandarbek Jo'rabekov, 7. Vlatko Stoyanovski, 37. Sherzod Fayziev, 50. Drago Bumbar.
"Andijon": 19. Artyom Potapov, 6. Aleksandre Andronikashvili, 7. Po'latxo'ja Xoldorxonov (28. Bekzod Sulaymonov, 74), 9. Imeda Ashortia (33. Doniyor Abdumannopov, 74), 11. Humoyunmirzo Iminov (10. Dragan Cheran, 46), 14. Abdurahmon Komilov (2. Odilbek Abdumajidov, 83), 15. Nemanya Chalasan, 18. Damir Temirov (8. Shohmalik Komilov, 80), 20. Islom To'xtaho'jaev, 77. Mahmudjon Mahamadjonov, 99. Rustam Turdimurodov.
Zaxira: 1. Eldor Adhamov, 23. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 87. Jamshidbek Ko'paysinov, 88. Shohjahon Yorqinboev.