Olmaliqda so‘nggi daqiqalardagi gol jamoamizni mag‘lub etdi

29.07.2026

Superliganing 14-turidan o‘rin olgan OKMK hamda «Mash’al» o‘rtasidagi bahs Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz va keskin kurashlar ostida kechgan uchrashuvda jamoamiz so‘nggi soniyalarda o‘tkazib yuborilgan gol sabab 2:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

«Mash’al» o‘yinni faol boshladi va 21-daqiqada Ergash Ismoilovni goli evaziga hisobni ochdi. Biroq mezbonlar 32-daqiqada Asadbek Sobirjonov orqali javob golini kiritib, birinchi bo‘limni 1:1 hisobi bilan yakunlashdi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa g‘alaba golini izladi. Jamoamiz bir necha xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, ulardan foydalana olmadi. O‘yin taqdiri esa qo‘shib berilgan vaqtning 90+3-daqiqasida hal bo‘ldi. Hazrat Tursunqulovning uzatmasidan keyin Abror Karimov aniq zarba yo‘llab, OKMKga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, «Mash’al» bahsni munosib o‘tkazganiga qaramay, Olmaliqdan ochkosiz qaytishga majbur bo‘ldi.

Superliga, 14-tur

OKMK – “Mashal” 2:1

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 20:00

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Dilshod Jumaniyozov, Quvondiq Duschanov, Farruh Yansupov

VAR: Ahrol Risqullaev

AVAR: Alisher Usmonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Sanjar Haydarov

Gollar: Ergash Ismoilov 21, - 0:1 (Zafar Akramov). Asadbek Sobirjonov 32, - 1:1. Abror Karimov 90+3, - 2:1 (Hazrat Tursunqulov).

 

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Georgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshod Ahmadaliev, 9.Aziz Xolmurodov (11.Ali Abdurahmonov, 75), 10.Asadbek Sobirjonov (27.Urosh Koyich, 75), 17.Nodir Abdurazzoqov (21.Hazrat Tursunqulov, 83), 22.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 90+2), 28.Arixiro Sentoku (77.Ivan Peshich, 75), 44.Abror Karimov, 88.Siyavash Xaqnazariy.

Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shahzod Tairov, 4.Mirjamol Qosimov, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, .

 

“Mashal”: 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafarbek Akramov, 4.Straxinya Boshnyak, 8.Sardor Abduraimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 10.Humoyun Murtozaev (94.Farruh Ibrohimov, 70), 18.Ilhomjon Abdug'aniev (99.Bobir Asqarov, 56), 19.Toxir To'xtasinov, 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 50.Drago Bumbar (15.Muhammadali Aliqulov, 56).

Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 5.Komil Tojiddinov, 7.Vlatko Stoyanovski, 11.Mahmud Jo'raboev, 40.Ruhiddin Xolmatov, 77.Izzatillo Abdulhaqov, .

 

Ogohlantirishlar: Avazbek O'lmasaliev 27, Toxir To'xtasinov 62,

Chetlatish: Muhammadali Aliqulov 64.