Hurmatli O‘zbekiston Milliy banki jamoasi!
Sizni bankning 34 yillik yubileyi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
O‘tgan yillar davomida O‘zmilliybank nafaqat mamlakat iqtisodiyotida, balki jamiyatimizda ham muhim o‘rin tutdi. Ayniqsa, ijtimoiy loyihalarga qo‘shilayotgan hissangiz, sport va yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz alohida e’tirofga loyiq.
“Mash’al” futbol klubining bosh homiysi sifatida siz bilan hamkorlikda kelajak yulduzlarini kashf qilayotgan “Mash’al” akademiyasi faoliyati – yoshlarimizning sportga qiziqishi va kelajakda munosib kadr bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda.
Butun klubimiz nomi va muxlislarimiz tomonidan sizlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Bank jamoasiga sihat-salomatlik, farovonlik, barqaror rivojlanish va yana ko‘p yillik muvaffaqiyatlar tilaymiz.
34 yillik yo‘lingiz muborak bo‘lsin!
“Mash’al” futbol klubi

