O‘zbekiston Superligasi: "Navbahor" va "Mash’al" uchrashuvini Rustam Choriyev boshqaradi

30.03.2026

O‘zbekiston Superligasining 5-tur bahslari doirasida bo‘lib o‘tadigan "Navbahor" — "Mash’al" uchrashuviga mas’ul bo‘lgan rasmiylar nomi e’lon qilindi. 

2026-yilning 3-aprel kuni soat 19:00 da Toshkentda start oladigan mazkur qiziqarli qarama-qarshilikni bosh hakam Rustam Choriyev boshqarib boradi. Unga qanotlarda yordamchi hakamlar sifatida Abdulhamid Abduraimov va Jamshid Bakirov ko‘maklashadi. Zaxira hakami vazifasini Nikita Mustafin bajaradi.  Ushbu bahsda zamonaviy texnologiyalardan ham unumli foydalaniladi: Rustam Lutfullin VAR hakami sifatida, Sanjar Shoyusupov esa AVAR hakami sifatida mas’ul bo‘ladi. Hakamlar brigadasi ishini Ma’mur Saidkasimov nazorat qilsa, uchrashuv komissari sifatida Vladimir Nazarov faoliyat yuritadi.

O'zbekiston Superligasi

5-tur 03.04.2026

"Navbahor" —  "Mash'al" .19:00

 Bosh hakam: Rustam Choriyev

Yordamchi hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Jamshid Bakirov

Zaxira hakami: Nikita Mustafin

VAR hakami: Rustam Lutfullin

AVAR hakami: Sanjar Shoyusupov

Nazoratchi: Ma'mur Saidkasimov

Komissar: Vladimir Nazarov