Superliga, 22-tur
«Mash’al» — «Paxtakor» 1:2
21 sentyabr kuni Superliganing 22-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Muborakning «Mash’al» jamoasi Go‘zoridagi «Sho‘rtan» stadionida Toshkentning «Paxtakor» klubini qabul qildi.
Uchrashuv soat 18:00 da start oldi. Bahsning birinchi bo‘limida jamoalar munosib himoyalanib, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar ketma-ket ikki marta darvozani ishg‘ol qildi. 51-daqiqada Flamarion «Paxtakor»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 77-daqiqada u yana bir bor aniq zarba bilan hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi. «Mash’al» futbolchilari uchrashuv oxiriga qadar taslim bo‘lmadi. Hujumlar natijasida jamoa penalti ishlab oldi va 90+12-daqiqada Humoyun Murtozaev 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi — 1:2.
Qolgan daqiqalarda «Mash’al» hisobni tenglashtirishga harakat qilgan bo‘lsa-da, uchrashuv shu hisobda yakunlandi.
Superliga
22-tur
"Mashal" - "Paxtakor" 1:2
G'uzor. “Sho'rtan” stadioni. 18:00
Gollar: Humoyun Murtozaev penalti 90+12’ – Flamarion (Sardor Sobirxo'jaev) 51’, Flamarion (Dostonbek Hamdamov) 77’
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
To'rtinchi hakam: Sardor Salohiddinov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Diyor Xotamqulov
"Mashal": 25.Samandar Jo'rabekov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov, 8.Sardor Abduraimov, 13.Nuriddin Nuriddinov (9.Ibrohim G'anixonov, 79), 28.Ergash Ismoilov, 67.Og'abek Abdirahimov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 81), 70.Azizbek Choriev, 72.Normurod Ko'charov (10.Humoyun Murtozaev, 39), 88.Ahrorbek Rahimov (24.Ifeani Ifeani, 79), 99.Boburjon Asqarov.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 27.Doniyor Narzullaev, 36.Javohir Abdulazizov, 63.Pavel Bureev, 76.Firdao's Jovliev.
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 5.Murtazo Puraliganji, 7.Hojiakbar Alijonov, 10.Akmal Mozgovoy, 21.Bashar Resan (17.Dostonbek Hamdamov, 67), 23.Abdurauf Bo'riev (6.Sardor Mirqobilov, 90+7), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 29.Ayman Hussayn (90.Stefan Chinedu, 68), 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion, 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 9.Ibrohim Ibragimov, 44.Diyor Ermanov, 77.Oybek Bozorov, 77.Dilshod Saitov.
Ogohlantirishlar: Ergash Ismoilov (6), Ahrorbek Rahimov (34), Sardor Sobirxo'jaev (85), Abdurauf Bo'riev (90+4).
Chetlatishlar: Murtazo Puraliganji (10), Boburjon Asqarov (89).