"Paxtakor"ga qarshi mashg‘ulotlar Muborakda boshladi

27.07.2025

Superliganing navbatdagi turida mamlakatimizning yetakchi jamoalaridan biri – "Paxtakor"ga qarshi bahs olib borishi kutilayotgan Muborakning "Mash’al" jamoasi ushbu uchrashuv oldidan tayyorgarlikni boshlab yubordi.

Bugun Otabek Narzullaev boshchiligida Muborakdagi klub bazasida mashg‘ulotlarni boshladi. Murabbiylar shtabi tomonidan tayyorlangan mashg‘ulot rejasi jamoaning jismoniy holati va taktik saviyasini yanada oshirishga qaratilgan.

Ayniqsa, yaqinda jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilarning mashg‘ulotlarga tezda moslashgani va jamoa muhitiga sifatli tarzda singib ketgani quvonarli hol. Ular o‘zini ko‘rsatishga intilmoqda va bu jamoa ichki raqobatini yanada kuchaytirishi shubhasiz.

Jamoa ruhiyati yuqori, barcha a’zolar bir maqsad yo‘lida jips harakat qilmoqda. “Mash’al” muxlislari esa o‘z jamoasidan muhim uchrashuv arafasida kuchli va g‘alaba uchun chanqoq o‘yin kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” – “Paxtakor” uchrashuvi joriy yilning 1 avgust kuni, G‘uzor shahridagi “Sho‘rtan” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.