Superliganing 19-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi “Andijon” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zaro o‘yinlar
Jamoalar chempionat bahslarida 35 marotaba to‘qnash kelishgan. Ularning 18tasida ” Mash’al “, 12tasida ” Andijon ” yutuqqa erishgan. 5 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 50 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, andijonliklar esa 39ta gol urishgan.
Shu kungacha ” Mash’al ” jamoasining ” Andijon ” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:1. Eng yirik mag‘lubiyati esa 4:0