Prevyu. " Mash’al " - " Dinamo "

06.08.2025

“Mash’al” jamoamiz Superliganing 17-turini safarda Samarqandning “Dinamo” ga qarshi o‘tkazadi.

 Jamoalar milliy chempionatda 39 bor kuch sinashishgan. Natijalar Mash’al klubining ustunligini ko‘rsatmoqda.

 Muborakliklar 19 o‘yinda g‘alaba qozonishgan, 4 uchrashuv durang bilan yakunlangan. Samarqandliklar esa  16 bora raqibini mag‘lub etgan. To‘p kiritish borasida ham ustunlik “Mash’al” tomonida – 43:43 O‘zaro o‘yinlarda “Dinamo” 52, “Mash’al” 61 ochkoni o‘z hisoblariga yozib qo‘yishgan.

 “Mash’al”ning “Dinamo” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:1. “Dinamo”ning “Mash’al” ustidan o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik muvaffaqiyati esa 5:0 ni tashkil qiladi.