Prevyu: " Mash’al " - " Nasaf"

19.06.2025

Uchrashuv rasmiylari:

G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al ” - " Nasaf " uchrashuvini Firdavs Norsafarov  boshqarib boradi. Unga qanotlarda Elnur Doniyorov va Farhod Usmonovlar yordam berishadi. Zahira hakami Jahongir Noraliev. Hakamlar ishini Rustam Bobomurodov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari. Diyor Hotamqulov

 O‘zaro o‘yinlar tarixi

Jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 34 marta to‘qnash kelishgan. Bu o‘yinlarda g‘alabalar soni bo‘yicha " Mash’al " 8ta, " Nasaf " esa 19ta g‘alaba qozongan. 7 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati 29- 54 "Nasaf" foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda jamg‘arilgan ochkolar bo‘yicha " Mash’al " 31, "Nasaf" esa 64 ochko to‘plagan.

"Mash’al"ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi 4:1, "Nasaf"ning eng katta g‘alabasi esa 4:1 hisobida yakunlangan.