Superliganing 25-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi Urgenchning “Xorazm” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv rasmiylari
G‘uzorda bo‘lib o‘tadigan “Mash’al” - " Xorazm " uchrashuvini Rustam Lutfullin boshqarib boradi. Unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G‘iyosovlar yordam berishadi. Zahira hakami Feruzbek Xidoyatov. Hakamlarni Zokir Qodirov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari. Feruz G‘aniev
O‘zaro o‘yinlar
“Mash’al” va “ Xorazm ” shu kungacha chempionat bahslarida 26 marta to‘qnash kelgan. G‘alabar bo‘yicha “ Mash’al ” 13ta, “ Xorazm ” esa 5tadan yutuqqa erishgan. 8 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 38 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, urgenchliklar esa 27 gol urishgan.
“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 ga teng. “ Xorazm ”da bu ko‘rsatkich 4:0 bo‘lib turibdi.
