Superliganing 20-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi safarda “Neftchi” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zaro o‘yinlar
Jamoalar chempionat bahslarida 35 marotaba to‘qnash kelishgan. “Neftchi”ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Vodiyliklar 34 bahsning 22 tasida g‘alaba qozonishgan. 11 ta o‘yinda muborakliklarning qo‘li baland kelgan. Bu jamoalar shu kunga qadar ikki marta durang o‘ynashgan. To‘plar nisbati ham “Neftchi” foydasiga 66-36. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 69 ochoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Mash’al” 35 ochkolik bo‘lgan.
“Neftchi”ning “Mash’al” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 7:0.
“Mash’al”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi esa – 3:0 ni tashkil etadi.