Prevyu: «Paxtakor» - «Mash’al»

11.04.2026

Super liganing  6-turida "Mash’al"  Toshkentning  " Paxtakor " jamoasiga qarshi maydonga tushadi.  

 

Uchrashuv rasmiylari

Uchrashuvni bosh hakam Olim To‘ychiboev boshqaradi. Unga qanotlarda Shohrux A’zamov va Aziz Isoqov yordam beradi. Hakamlar ishini Bobur Haydarov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib Bekzod Aripov tayinlangan. Shuningdek, zaxira hakami sifatida Azizbek Jumanov, VAR hakami sifatida Rustam Choriev va AVAR hakami sifatida Sherzod A’zamov faoliyat yuritadi.

 O‘zaro o‘yinlar 

 Jamoalar chempionat bahslarida 40 bahsda to‘qnash kelishgan. Ularning 29tasida "Paxtakor", 5tasida "Mash’al" yutuqqa erishgan. 6 o‘yin durang bilan yakunlangan. "Sherlar" raqib darvozasini 82 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, yo‘lbarslar esa 25 gol urishgan. 

 Paxtakor  Mash’al” ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bu o‘zaro o‘yinlardagi poytaxt klubining eng yirik g‘alabasidir.  Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlardagi eng yirik g‘alabasi esa 3:0 bo‘lib turibdi.