Super liganing 24-turida Muborakning “Mash’al” jamoasi Navoiyning “Qiziqum” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv rasmiylari
Navoiyda bo‘lib o‘tadigan “Qizilqum” - " Mash’al " uchrashuvini Ahrol Risqullaev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Shohruh Maqsudov va Adham Rixsiboevlar yordam berishadi. Zahira hakami Zufar Ergashev. Hakamlar Aleksandr Popov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari. Shohruh Said
O‘zaro o‘yinlar
“Mash’al” va “Qizilqum” shu kungacha chempionat bahslarida 35 marta to‘qnash kelgan. G‘alabar bo‘yicha “Qizilqum” 11ta, “Mash’al” esa 10tadan yutuqqa erishgan. 14 o‘yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 46 bor ishg‘ol qilgan bo‘lsalar, navoiylar esa 44 gol urishgan.
“Mash’al”ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:1 ga teng. “Qizilqum”da bu ko‘rsatkich 6:3 bo‘lib turibdi.
