Qashqadaryo derbisida g‘alaba qozondik

12.09.2025

Qashqadaryo vohasining kutilgan derbisida “Mash’al”  G‘uzorda “Sho‘rtan”ni qabul qildi. Katta qiziqish bilan kutilgan uchrashuvda muxlislar kutganidek jonkuyar va dramatik to‘qnashuv kuzatildi.

Bahsning birinchi qismida maydon egalari yuqori sur’atda harakat qilib, ustunlikka ega bo‘lishdi. 35-daqiqada Samandar Ochilov Ergash Ismoilov uzatmasidan keyin hisobni ochdi — 1:0.

Ortidan ko‘p o‘tmay, 41-daqiqada Humoyun Murtozaev nigeriyalik legioner Umar Aminudan olgan pasini aniq zarbaga aylantirdi va hisobni oshirdi — 2:0.

Ikkinchi taym boshida “Sho‘rtan” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 55-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov penaltidan aniq harakat qildi — 2:1.

Qolgan vaqtda har ikki jamoa bir qator imkoniyatlar yaratdi, ammo hisob o‘zgarmadi.

🔹 Shu tariqa, Qashqadaryo derbisida g‘alaba “Mash’al” jamoasi tomonida bo‘ldi. Narzullaev shogirdlari muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va chempionatdagi maqsadlari yo‘lida olg‘a qadam tashladi.

"Mashal" — "Sho'rtan" 2:1 

11.09.2025

 Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Donuyorov

Zaxira hakami: Roman Irgashev

Nazarotchi: Viktor Serazitdinov

VAR hakami: Nayim Qosimov

AVAR hakami: Shohnur Yo'ldoshev

Gol: Samandar Ochilov (Ergash Ismoilov) 35, 1:0, Humoyun Murtozaev (Umar Aminu) 41, 2:0, Po'latxo'ja Xoldorxonov (penalti) 55, 2:1

 

"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov (34.Shaxboz Jo'raev,90+2), 10.Humoyun Murtozaev (13.Nuriddin Nuriddinov,90), 17.Anvar Murodov, 27.Zafarbek Akramov (13.Nuriddin Nuriddinov,90), 28.Ergash Ismoilov, 37.Sherzod Fayziev, 57.Aminu Umar (22.Nurjahon Muzaffarov,73), 80.Dmitriy Yashin.

 Zaxira: 75.Kamronbek Hamroev, 4.Abdullatif Maga, 23.Elnurbek Saitmuratov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev,  77.Jamshid Hasanov.

 "Sho'rtan": 35.Sherzodbek Abduraimov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 6.Odilbek Abdumajidov, 8.Abubakr Rizo Turdialiev (33.Bekjon Rahmatov, 46), 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 10.Temur Mamasidiqov, 11.Jasurbek Hakimov (45.G'anisher Qodirov, 71), 15.Jo'rabek Mannonov ( 14.Abrorbek Toshqo'ziev,71), 17.Farruxbek Muxtorov (76.Islomjon Kenjaboev,46) 24.Doniyorjon Narzullaev, 55.Azizbek Pirmuhammadov. 

 Zaxira: 1.Shohruxjon Eshbo'taev, 7.Bekzod Suvonov, 19.Nuriddin Hasanov, 22.Sardor Sadullaev, 70.Mirjalol Jumaev, 

Ogohlantirish: Umidjon Hamroev ("Mashal") 53