Superliganing 28-turidan o‘rin olgan bahsda “Mash’al” jamoamiz navbatdagi bellashuvni Qarshida, chempionlik uchun kurashayotgan “Nasaf” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi qarshiliklar bu mavsumda yuqori sur’atda o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Ular 27 turdan so‘ng 58 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi pog‘onada bormoqda va chempionlik uchun jiddiy da’vogar sifatida maydonga tushishmoqda.
Shu bilan birga, Otabek Narzullaev boshchiligidagi “Mash’al” jamoamiz ham har bir o‘yinda munosib natija ko‘rsatish, ochkolarni ko‘paytirish va turnirdagi mavqeini yaxshilash uchun bor kuchini safarbar etmoqda. 27 turdan so‘ng jamoamiz 26 ochko bilan jadvalning 13-pog‘onasini band etgan.
Qashqadaryo derbisi maqomiga ega bo‘lgan mazkur bahs nafaqat tur ochkolari, balki hududdagi sharaf uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
⚽️ Uchrashuv: “Nasaf” – “Mash’al”
📅 Sana: 8 noyabr, Shanba
🕕 Boshlanish vaqti: 18:15
📍 Joy: Qarshi shahri, “Markaziy” stadion
Qiziqarli va keskin o‘tishini kutmoqda bo‘lgan Qashqadaryo derbisini muxlislar so‘zsiz katta qiziqish bilan kutmoqda. “Mash’al”ga omad tilaymiz!
