Qo‘qonda yoshlarimiz mag‘lubiyatga uchradi

10.10.2026

U21 chempionati | 23-tur

U21 chempionatining 23-turidan o‘rin olgan «Qo‘qon-1912» va «Mash’al» yoshlar jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan 45+2-daqiqada Muhammadumar Tohirov hisobni ochib, «Qo‘qon-1912»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa «Mash’al» yoshlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. 54-daqiqada Sardor Salimov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Biroq 75-daqiqada Saydulla Hamidullaev tomonidan kiritilgan gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarmadi va «Mash’al» U21 jamoasi safarda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, yoshlarimiz Qo‘qondagi bahsni ochkolarsiz yakunlashdi.

«Qo‘qon-1912» U21: 24. Ozodbek Mirzanazarov, 2. Abdulloh Odiljonov, 3. Saydislombek Pahlavonov (s), 23. Hayotjon Mamatov, 29. Sardor Tojiev, 34. Muhammadumar Tohirov, 37. Muhammadamirxon Qodirov, 65. Jasurbek Sharifov, 66. Odiljon G‘aniev, 72. Zikrilloxon Muxtorov, 73. Saydulla Hamidullaev.

Zaxiradagi o‘yinchilar: 25. Abdurashid Valiev, 28. Muhammadyusuf To‘ychiev, 35. Humoyunmirzo Bektemirov, 47. Alper Aleksandrov, 50. Abduvali Rustamov, 52. Abdulloh Nu’monov, 68. Jasurbek Xursanov, 74. Sherzodbek Muhammadjonov, 75. Mirjavlonbek Abdullaev.

Bosh murabbiy: R. Talibjanov.

«Mash’al» U21: 25. Samandarbek Jo‘rabekov, 3. Sardorbek Salimov, 18. Ilhomjon Abdig‘aniev, 27. Doniyorjon Narzullaev, 29. Shohbozbek Abduvaliev, 40. Ruhiddin Xolmatov, 41. Asadbek Umarqulov, 63. Pavel Bureev, 71. Sherxon G‘afurov, 74. Abbosbek Kamolov, 87. Muhammadali Boymurodov (s).

Zaxira o‘yinchilari: 15. Kamronbek Hamroev, 22. Muhammadbobir Mo‘ydinov, 33. Boymurod Shamuradov, 36. Javohir Abdualimov, 76. Firdavs Jovliev, 77. Izzatillo Abdullaqov, 90. Muhammadyusuf Valijonov.

Bosh murabbiy: O. Narzullaev.

Uchrashuv rasmiylari

Bosh hakam — Abdurasul Qayumboev.

Yordamchi hakamlar — Mahmudbek Rustamov, Muhammadali Nurmamatov.

Zaxira hakami — Mihvariddin Abdusalomov.

Hakamlar nazoratchisi — Timur Galeev.

Uchrashuv komissari — Muhammad-Sulton Fozilov.