Muborakning Mash’al FK Muborak jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini izchil davom ettirmoqda. Klub rahbariyati rossiyalik markaziy himoyachi Roman Xodjaev bilan shartnoma imzolaganini rasman ma’lum qildi.
191 santimetr bo‘yga ega himoyachi jismoniy jihatdan baquvvatligi hamda havodagi kurashlarda ustunligi bilan ajralib turadi. Roman Xodjaev Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lib, faoliyati davomida Torpedo Vladimir hamda Molodechno-2018 kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 100 ming yevro atrofida baholamoqda. Xodjaev «Mash’al» safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
Ushbu transfer orqali klub himoya chizig‘idagi barqarorlikni oshirish hamda raqobatbardosh tarkib shakllantirishni maqsad qilgan.
Roman Xodjaevga yangi jamoada muvaffaqiyat, sog‘lik va zafarli o‘yinlar tilaymiz!


