Ganalik legioner Salifu Mudasiru “Mash’al” safini tark etdi. Bu qaror bosh murabbiy Asror Aliqulovning taktik rejalariga asoslangan.
2025-yilги mavsumning birinchi davrasida “Mash’al” jamoasi safida harakat qilgan Gana fuqarosi, yarim himoyachi Salifu Mudasiru klubimizni tark etdi. Uning ketishi bosh murabbiy Asror Aliqulov tomonidan qabul qilingan taktik qarorga asoslangan bo‘lib, futbolchining o‘yin uslubi murabbiyning yangi sxemalariga to‘g‘ri kelmadi.
Qisqa vaqt davomida Salifu o‘zining fidoyiligi, mehnatsevarligi va jamoaga bo‘lgan sadoqati bilan ham murabbiylar, ham muxlislar ishonchini qozondi. U har doim maydonda kurashchanlik ko‘rsatib, “Mash’al” sha’nini munosib himoya qildi.
“Mash’al” futbol klubi Salifuga jamoa safidagi xizmatlari uchun chuqur minnatdorlik bildiradi va uning keyingi faoliyatida omad va katta muvaffaqiyatlar tilab qoladi.
Barchasi uchun rahmat, Salifu!