Tarixiy 1111-o‘yinda tarixiy mag‘lubiyat

20.10.2025

“Mash’al” jamoasi o‘z tarixidagi 1111-o‘yinini o‘tkazdi. Ammo ushbu sana kutilganidek bayramona kayfiyatda emas, aksincha, alamli natija bilan yodda qoldi. Muborakliklar o‘z maydonida “Xorazm” jamoasini qabul qilib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning ilk qismidayoq mehmonlar faol o‘yin namoyish etishdi. 18-daqiqada “Mash’al” himoyachisi Ergash Ismoilov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va hisob ochildi — 0:1. Bu goldan so‘ng jamoamiz bir necha bor hisobni tenglashtirishga urinishlar qildi, ammo avvalgi o‘yinlardagiday aniqlik yetishmadi.

 Ikkinchi bo‘lim yakunlanish arafasida “Xorazm” yana bir bor o‘z imkonidan foydalandi — 45+3-daqiqada Rustam Abduhamidov Sunnatulla Abdullajonovning uzatmasidan keyin hisobni 0:2ga yetkazdi.

 Ikkinchi taymda “Mash’al” jamoasi tarkibida bir qator almashinuvlar bo‘ldi: Muhammadali Aliqulov va Islom Sharipov maydonga tushishdi. Ammo bu o‘zgarishlar natijaga ta’sir qila olmadi. 73-daqiqada Shahrom Samievning goli o‘yindagi barcha savollarga nuqta qo‘ydi — 0:3.

 Mazkur natija “Mash’al” uchun alamli bo‘lsa-da, oldinda hali bir qator muhim uchrashuvlar kutmoqda. Jamoa ushbu mag‘lubiyatdan xulosa chiqarib, keyingi bahslarda muxlislarini xursand qilish uchun bor kuchini ishga solishi lozim.

 

"Mash’al" – "Xorazm" 0:3

Gol: 18 - Ergash Ismoilov (avtagol), 45+3 - Rustam Abduhamidov (Sunnatulla Abdullajonov), Shahrom Samiev 73.

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G‘iyosov

Zaxira hakami: Feruzbek Xidoyatov

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Aleksandr Burov

Komissar: Feruz G‘aniev

 "Mash’al": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov, 10.Humoyun Murtozaev (s), 17.Anvar Murodov, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo‘raev (15.Muhammadali Aliqulov,  46), 37. Sherzod Fayziev, 57.Aminu Umar (19.Islom Sharipov, 44), 80.Dmitriy Yashin

 Zaxira: 75.Kamronbek Xamroev, 6. Javohir Abdualimov, 13. Nuriddin Nuridinov, 24. Avazxon Mamatxo‘jaev, 27.Zafarbek Akramov, 66.Diyorbek Mamataliev, 77. Jamshid Hasanov.

 "Xorazm": 39.Artyom Potapov, 15.Vladimir Bubanya (s), 6.Abbos Otaxonov, 8.Hazrat Tursunqulov, 9.Jasur Azimov, 10.Murod Bobojonov (99.Shahram Samiev.69) 11.Humoyunmirzo Iminov, 18.Iskandar Shayqulov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov, , 77.Sunnatulla Abdullajonov (7.Temur Ismoilov,69), 94.Rustam Abduhamidov.

 Zaxira: 13.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshan Sultonov, 4. Farruxjon Ibrohimov, 5. Dilshod Jo‘raev,  20.Danila Yejov, 22.Asadbek Saitxonov 79.Aziz Ahrorov,