Superliga, 21-tur
“Lokomotiv” — “Mash’al” 3:0
11 sentyabr kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” stadionida Superliganing 21-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Mash’al” jamoasi “Lokomotiv” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi — jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar faollikni oshirib, 56-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqovning goli evaziga hisobni ochdi — 1:0.
85-daqiqada Abduxoliqov yana bir bor gol urib, “Lokomotiv”ning ustunligini mustahkamladi — 2:0.
Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning birinchi daqiqasida Jafar Baxodirov Shuxrat Muhammadievning uzatmasidan so‘ng yana bir gol kiritib, yakuniy hisobni belgiladi — 3:0.
Shu tariqa, “Mash’al” 21-tur bahsida Toshkentda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldik.
Superliga, 21-tur
“Lokomotiv” – “Mashal” 3:0
11 sentyabr 2026 yil. Toshkent, “Lokomotiv” stadioni, 19:00
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Alisher Usmonov, Danil Yacenko, Diyorbek Temirbekov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Shohnur Yo'ldoshev
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Shahzod Xolboev
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 56, - 1:0. Temurxo'ja Abduxoliqov 85, - 2:0. Jafar Bahodirov 90+1, - 3:0 (Shuhrat Muhammadiev).
“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev (28.Shuhrat Muhammadiev, 63), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 17.Sardor Mirzaev (30.Jafar Bahodirov, 88), 18.Aleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov (9.Suhrob Nurulloev, 63), 23.Diyor Turopov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev, 45.Yovan Nishich, 99.Jasur Yaxshiboev (7.Quvonch Abraev, 63).
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 14.Nikolay Ivanov, 21.Ilya Yyelichich, 27.Ozodbek O'ktamov, 44.Muhammad Habibullaev.
“Mashal”: 25.Samandarbek Jo'rabekov, 5.Komiljon Tojidinov (6.Javohir Ubaydullaev, 66), 8.Sardor Abduraimov (72.Normurod Ko'charov, 66), 10.Humoyun Murtozaev (77.Izzatillo Abdulhaqov, 53), 13.Nuriddin Nuridinov, 19.Tohirbek To'xtasinov, 22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 24.Ifeani Ifeani (88.Ahror Rahimov, 53), 28.Ergash Ismoilov, 67.Og'abek Abdirahimov, 99.Bobirjon Asqarov.
Zaxira: 73.Vladislav Rusanov, 3.Sardor Salimov, 9.Ibrohim G'anixonov, 27.Doniyor Narzullaev, 63.Pavel Bureev, .
Ogohlantirishlar: Ifeani Ifeani 9, Muhammadbobur Mo'ydinov 55, Nuriddin Nuriddinov 74.