Toshkent shahridagi «Lokomotiv» stadionida Superliganing 25-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» va «Mash’al» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan bahsda muborakliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvni muvaffaqiyatli boshlagan «Mash’al» 11-daqiqada hisobni ochdi. Zafar Akramov raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoamizni oldinga olib chiqdi — 0:1.
Biroq oradan ko‘p o‘tmay, 18-daqiqada Islom Anvarov hisobni tenglashtirdi — 1:1. Birinchi bo‘limning 33-daqiqasida esa Shamsiddin Tursunmahammadov tomonidan kiritilgan gol «Bunyodkor»ga ustunlikni taqdim etdi — 2:1.
Uchrashuvning qolgan qismida hisob o‘zgarmadi va «Mash’al» Toshkentdagi safar o‘yinini mag‘lubiyat bilan yakunladi.
Superliga
25-tur
"Bunyodkor" – "Mashal" 2:1
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 18:30
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Yordamchi hakamlar: Husan Hudoeberiev, Oybek Boboev
To'rtinchi hakam: Alisher To'xtasinov
VAR: Rustam Choriev
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Timur Galeev
Komissar: Davron Ibrohimov
Gollar: 0:1 – 11, Zafar Akramov (Ergash Ismoilov); 1:1 – 18, Islom Anvarov (Amir To'raqulov); 2:1 – 33, Shamsiddin Tursunmahammadov (Amir To'raqulov)
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 9.Matiya Krivokapich (14.Shahzodjon Nematjonov, 84), 10.Amir To'raqulov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov (11.Sardor Abdunabiev, 80), 18.Narimonjon Ahmadjonov, 27.Islom Anvarov (33.Eldor Naimov, 84), 42.Abdulhamid Ikromov (88.Mirkamol Annamatov, 90+3), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 74.Ivan Bukrin.
Zaxira: 16.Federiko Botti, 20.Abdulfayz Bobomurodov, 31.Abdurahmon Sulaymonov, 44.Alijon Bekmurodov, 56.Abdulqodir Mirfayziev.
"Mashal": 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov, 5.Komiljon Tojiddinov (77.Izzatillo Abdulhaqov, 56), 8.Sardor Abduraimov, 19.Toxir To'xtasinov (22.Muhammadbobur Mo'ydinov, 67), 24.Ifeani Ifeani (88.Ahrorbek Rahimov, 81), 28.Ergash Ismoilov, 38.Sunnatulla Yarashev (36.Javohir Abdulazizov, 81), 67.Og'abek Abdiraximov, 76.Firdavs Jovliev (7.Vlatko Stoyanovski, 67), 99.Bobir Asqarov.
Zaxira: 35.Doston To'xtaboev, 40.Ruhiddin Xolmatov, 71.Sherxan Gafurov, 87.Muhammadali Boymurodov.
Ogohlantirishlar: Ifeani Ifeani (19), Muhammadbobur Mo'ydinov (88), Eldor Naimov (89)