Superliganing 27-turidan o‘rin olgan Voha derbisi doirasidagi «Mash’al» hamda «Surxon» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi.
G‘uzordagi markaziy stadionda bo‘lib o‘tgan bahs murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechdi. Har ikki jamoa ham maydonda g‘alaba uchun harakat qildi. Uchrashuv davomida golli vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ulardan foydalanishning imkoni bo‘lmadi.
Yakunda tablodagi hisob o‘zgarishsiz qoldi — 0:0.
Shu tariqa, Voha derbisi g‘olibsiz yakunlandi va jamoalar bittadan ochkoga ega bo‘lishdi.
Superliga
27-tur
“Mashal” – “Surxon” 0:0
G'uzor. “Markaziy” stadioni. 16:15
Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev
Ërdamchi hakamlar: Anvarjon Marajabov va Islomjon Nosirov
Zaxira hakami: Umidjon Lutfulloev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Zokirjon Qodirov
Komissar: Elbek Jo'raev
“Mashal”: 73.Vladislav Rusanov, 2.Zafar Akramov (87.Muhammadali Boymurodov, 74), 5.Komiljon Tojidinov (63.Pavel Bureev, 74), 8.Sardor Abduraimov, 19.Tohirbek To'xtasinov, 22.Muhammadbobur Mo'ydinov (4.Straxinya Boshnyak, 74), 24.Ifeani Ifeani, 38.Sunnatulla Yarashev (10.Humoyun Murtozaev, 85), 76.Firdavs Jovliev (28.Ergash Ismoilov, 68), 88.Ahrorbek Rahimov, 99.Bobirjon Asqarov.
Zaxira: 25.Samandarbek Jo'rabekov, 40.Ruhiddin Xolmatov, 67.Og'abek Abdirahimov, 72.Normurod Ko'charov.
“Surxon”: 25.Otabek Boymurodov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov (39.Mirmaqsud Mirusmonov, 77), 8.Humoyun Sherbo'taev, 10.Sunnatulla Abdullajonov (11.Richard Fraydey, 46), 15.Diyor Ramazonov (23.Kamron Yusupov, 46), 18.Behruz O'ktamov, 21.Tornike Dzebniauri (19.Farruh Qodirov, 88), 26.Behruz Shukurullaev, 27.Muhammadali Musaxonov, 66.Behro'z Shaydulov (5.Mo'minxon Bahodirxonov, 37).
Zaxira: 12.Nikita Mixaylov, 86.Davron Merganov, 14.Tohir Ashurbaev, 31.Kamron Ergashev.
Ogohlantirishlar: Muhammadbobur Mo'ydinov (65), Behzod Shamsiev (89).