Yirik hisobda mag‘lub bo‘ldik

03.08.2026

O‘zbekiston Superligasi 15-turidan o‘rin olgan bahsda Muborakning "Mash’al"  Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubini qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 5-daqiqasida mehmonlar safida Lyupcho Doriev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 48-daqiqada u penaltidan aniq zarba yo‘llab, jamoasining ustunligini mustahkamladi. 60-daqiqada esa Milan Mitrovichning uzatmasidan so‘ng Lyupcho Doriev xet-trik rasmiylashtirib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.

"Mash’al" uchrashuv davomida bir qator xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, ulardan foydalana olmadi. Faqat qo‘shib berilgan vaqtning 90+3-daqiqasida maydonga zaxiradan tushgan akademiya tarbiyalanuvchisi Azizbek Choriev o‘zining Superligadagi ilk golini kiritib, hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, "Mash’al" o‘z maydonida navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qildi. 

 

2 avgust

Mash’al” — “So‘g‘diyona” 1:3

Bosh hakam: Olim To‘ychiboev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov

VAR hakamiAhrol Risqullaev

AVAR hakamiUmidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Rustam Bobomurodov

Komissar: Abdulbosit Valixonov

GolLyupcho Doriev 5, 0:1, Lyupcho Doriev (penalti) 48, 0:1, Lyupcho Doriev (Milan Mitrovich) 60, 0:3, Azizbek Choriev 90+3, 1:3

 

"Mash’al": 73. Vladislav Rusanov, 99. Boburjon Asqarov ( 24. Ifeani Ifeani,56), 94. Farruh Ibrohimov (70. Aziz Choriev, 12), 19. Toxirbek To‘xtasinov, 50. Drago Bumbar, 28. Ergash Ismoilov, 2. Zafarbek Akramov, 37. Sherzod Fayziev (5. Komiljon Tojiddinov, 56), 9. Ibrohim G‘anixonov, 8. Sardor Abduraimov, 10. Humoyun Murtozaev (7. Vlatko Stoyanovskiy, 56)

Zaxira: 35. Dostonbek To‘xtaboev, 77. Izzatilla Abdulhaqov, 11. Mahmud Jo‘raboev, 18. Ilhom Abdug‘aniev, 27. Doniyor Narzullaev,

 

"So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 3. Islomjon Qobilov, 2. Zoir Jo‘raboev, 4. Behruz Jumatov, 13. Filip Ivanovich, 7. Petar Michin (6. Behruz Asqarov, 65),10. Javohir Qahramonov (77. Oybek Nurmatov, 74), 17. Ollabergan Karimov (33. Shoxjahon Sultonmurodov, 87), 8. Jamshid Boltaboev, 19. Zabihillo O‘rinboev ( 29. Amirbek Saidov, 87), 14. Lyupcho Doriev ( 23. Sardorbek Hoshimov, 87)

 

Zaxira74. Bayram Najafaliev,22. Abdulazizxon Abdurashidov, 21. Saidakbar Sharipov, 18. Igor Golban,