Yoshlar jamoasi safarda mag‘lub bo‘ldi

14.04.2026

Bahodir Murtozaev boshchiligidagi “Mash’al” U21 jamoasi  yoshlar birinchiligining 7-tur doirasida safarda “Paxtakor” U21 jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv mezbonlarning ustunligida boshlandi va hisob ilk daqiqalardayoq ochildi. 3-daqiqada Farhodov Faridjon aniq zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 23-daqiqada To‘laganov Davron farqni ikki baravarga oshirdi. Qolgan vaqt davomida yoshlarimiz vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi, ammo hisob o‘zgarmadi — 2:0.

Shu tariqa, 7 turdan so‘ng “Mash’al” U21 jamoasi hisobida 2 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etilmoqda.

Yoshlarimiz uchun navbatdagi sinov — “Xorazm” U21 jamoasiga qarshi uchrashuv bo‘ladi. Jamoamiz ushbu bahsda ijobiy natija qayd etishga intiladi.