U19 chempionati – 20-tur
MASh’AL – BUXORO 3:2
⚽️ Gollar: N.Ko‘charov (10), B.Shamuradov (62), S.Yarashev (90+2) — S.Salimov (42 pen.), O.Sharipov (68)
Muborakda bo‘lib o‘tgan yoshlar chempionati bahslarining 20-turida “Mash’al” U19 jamoasi “Buxoro” U19 ga qarshi kuch sinashdi. Uchrashuv juda shiddatli va keskin bahslarga boy tarzda kechdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Normurod Ko‘charov aniq zarbasi bilan hisobni ochdi va jamoamizni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limning yakuniga yetib kelgan pallada “Buxoro” jamoasi penalti hisobidan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi — Sardorbek Salimov 42-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda maydondagi kurash yanada qizidi. 62-daqiqada Boymurod Shamuradov jamoamizga ustunlikni qayta olib berdi. Biroq, 68-daqiqada “Buxoro”dan Ozodbek Sharipov hisobni yana 2:2 qilib tenglashtirdi. Bellashuvning so‘nggi daqiqalari dramatik ruhda kechdi. Qo‘shimcha vaqtning 90+2-daqiqasida Sunnatulla Yarashev jamoamizni g‘alabaga olib kelgan golni urdi!
Aktam Berdiev boshchiligidagi yoshlarimiz katta iroda va jangovorlik ko‘rsatib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Yakuniy hisob: “Mash’al” – “Buxoro” 3:2
⚽️ Gollar: N.Ko‘charov (10), B.Shamuradov (62), S.Yarashev (90+2) — S.Salimov (42 pen.), O.Sharipov (68)
Bu g‘alaba orqali “Mash’al” U19 jamoasi turnir jadvalidagi holatini yanada mustahkamladi va keyingi turga yaxshi kayfiyatda yo‘l oldi.




















