Yoshlarimiz kichik Qashqadaryo derbisida munosib g‘alaba qozonishdi

10.11.2025

Qashqadaryo derbisining yoshlar o‘rtasidagi uchrashuvi haqiqiy ehtiros va kuchli raqobat muhitida kechdi.

U21 chempionatining 28-turida “Mash’al U21” jamoasi Qarshining “Nasaf U21” tarkibiga qarshi safarda maydonga tushdi va muxlislar kutganidek, jozibali o‘yin namoyish etdi.

Bahodir Murtozaev boshchiligidagi yoshlarmiz uchrashuvning ikkinchi bo‘limida “Mash’al” yoshlari o‘z ustunligini aniq ko‘rsatishdi. 52-daqiqada Asadbek Samariddinov hisobni ochdi — 0:1. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Farrux Toshpo‘latov jamoamizning ikkinchi golini urdi. Bu bilan “Mash’al” ustunlikni mustahkamladi.

65-daqiqada Elnurbek Saitmuratov jamoamizning uchinchi golini kiritib, derbining taqdirini aniqlab berdi — 0:3. Uchrashuvning so‘nggi qismida “Nasaf” jamoasi penalti orqali bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (Samandar Toirov, 81-daqiqa), ammo bu natijaga jiddiy ta’sir ko‘rsata olmadi.

Shunday qilib, derbi yakunlariga ko‘ra “Mash’al U21” jamoasi 3:1 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi. Yoshlarimiz nafaqat natija, balki o‘yin uslubi bilan ham muxlislar qalbini zabt etdi.

Bu g‘alaba jamoamiz uchun ruhiy jihatdan katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Endi yosh “mash’alchilar” keyingi turlarga ham shunday ruhda tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

U21 chempionatini
Nasaf U21 – Mash’al U21 1:3
Gollar: Asadbek Samariddinov (52’), Farrux Toshpo‘latov (61’), Elnurbek Saitmuratov (65’), Samandar Toirov (81’, pen.)