Yoshlarimiz Muborakda jangovar durang qayd etishdi

16.09.2026

U19 chempionatining 13-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Muborakning «Mash’al» U19 jamoasi o‘z maydonida «Qizilqum» U19 bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv juda qiziqarli va keskin kechdi. Birinchi bo‘limning 33-daqiqasida Sunnatulla Yarashev «Mash’al»ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0. 41-daqiqada mehmonlar penaltidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Biloliddin Ermatovning aniq zarbasidan so‘ng tabloda 1:1 yozuvi paydo bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay, 42-daqiqada Abbosbek Kamolov yana «Mash’al»ni oldinga olib chiqdi — 2:1.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Ibrohim Yerkinov mehmonlar safida gol urib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa g‘alaba golini urish uchun harakat qilgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, 13-tur doirasidagi «Mash’al» U19 — «Qizilqum» U19 uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

U19 chempionati. «Mash’al» — «Qizilqum» 2:2

U19 chempionati 13-turi.

Muborak, stadion

«Mash’al» U19 — «Qizilqum» U19 2:2

Gollar: 33 — Sunnatulla Yarashev, 1:0. 41 — Biloliddin Ermatov (penalti), 1:1. 42 — Abbosbek Kamolov, 2:1. 60 — Ibrohim Yerkinov, 2:2.

Bosh hakam: Shoxinur Boymatov.

Yordamchi hakamlar: Jabbor Panjiev, Nurbek Azamov.

Zaxira hakami: qaydnomada ko‘rsatilmagan.

Hakamlar nazoratchisi: O‘ktam Kurbannazarov.

Komissar: Husniddin Rahmonov.

 

«Mash’al» U19:

  1. Kamronbek Xamroev, 38. Sunnatulla Yarashev, 46. Javohir Avazxonov, 47. Kamronbek Abdullaev, 60. Samandar Tursunboev, 68. Doniyorbek Egamov, 71. Sherxan G‘afurov, 74. Abbosbek Kamolov, 80. Farhod O‘ktamov, 92. Nazarbek Bozorov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.

Zaxira: 61. Og‘abek Irgashev, 33. Boymurod Shamuradov, 42. Diyorbek Rahimjonov, 43. Chingiz Turdimuratov, 52. Samandar Aliev, 56. Muhammadbilol Anvarov, 58. Sadriddin Toirov, 76. Firdavs Jovliev, 95. Elyor Suyunov.

Bosh murabbiy: Dilshod Andaev.

«Qizilqum» U19:

  1. Biloliddin Ermatov, 24. Ibrohim Yerkinov, 37. Faridjon Obitov, 39. Iskandar Islomov, 53. Shohijahon O‘roqov, 55. Azizbek Eshtemirov, 56. Shahriyor Mahmayusufov, 60. Saidusmonxon Akmalov, 67. Ozodbek Mo‘ydinov, 81. Javohir Tuymurodov, 82. Shahboz Fayziev.

Zaxira: 58. Behruz Shodiev, 54. Xolboy Absattorov, 57. Hasan Murodilloev, 61. Ozodbek Ro‘ziev, 62. Asilbek Rabbimov, 64. Ozodbek Bekmurotov, 65. Abdulmalik Ismatov, 66. Jasurbek Safarboev.

Murabbiy: Behruz Qambarov.