Yoshlarimiz Muborakda Xorazm yoshlarini taslim qilishdi

29.08.2026

Muborakda U19 chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsda Dilshod Andaev shogirdlari o‘z maydonida «Xorazm» yoshlarini yirik 6:2 hisobida taslim qildi.

Uchrashuvni faol boshlagan «Mash’al» yoshlari 12-daqiqada K. Abdullaevning goli bilan hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, J. Azazxonov jamoamizning ustunligini yanada mustahkamladi — 2:0.

Raqib 26-daqiqada A. Ko‘shnazarov orqali hisobni qisqartirdi. Biroq ikkinchi bo‘limda Dilshod Andaev shogirdlari yanada ishonchli harakat qilib, raqib darvozasini ketma-ket ishg‘ol qildi.

M. Valijonov 53 va 62-daqiqalarda ikki marta gol urib, dubl qayd etgan bo‘lsa, A. Kamolov 56-daqiqada, F. O‘ktamov esa 65-daqiqada gollar muallifi bo‘ldi.

«Xorazm» vakillari 68-daqiqada F. Tohirov bilan yana bir gol urishdi. Ammo bu «Mash’al»ning yirik g‘alabasiga to‘sqinlik qila olmadi.

U19 chempionati | 11-tur

«Mash’al» U19 — «Xorazm» U19 6:2

Gollar:

 «Mash’al» U19:
K. Abdullaev — 12'
J. Azazxonov — 14'
M. Valijonov — 53', 62'
A. Kamolov — 56'
F. O‘ktamov — 65'

«Xorazm» U19:
A. Ko‘shnazarov — 26'
F. Tohirov — 68'

Yoshlarimiz yirik hisobdagi g‘alaba bilan chempionatdagi navbatdagi muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.