Yoshlarimiz musobaqani mag‘lubiyat bilan yakunlashdi

02.12.2025

Yoshlar Birinchiligi, 30-tur.
OKMK U21 — “Mash’al U21” 4:1
Gollar: Faridjon Abdullayev (51), Behruz Islomov (52), Suhrob Parpiyev (54, 60) — Sunnatulla Yarashov (80)

Bahodir Murtozaev boshchiligidagi “Mash’al U21” jamoasi Yoshlar Birinchiligi musobaqasidagi so‘nggi uchrashuvini mag‘lubiyat bilan yakunladi.  OKMK U21 jamoasining 4 ta goliga jamoamiz faqat bir marta javob qaytara oldi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida ketma-ket urilgan gollar raqibning ustunligini belgilab berdi. Jamoamizning yagona golini 80-daqiqada Sunnatulla Yarashov urdi.

Shunga qaramay, chempionat davomida yoshlarimiz yaxshi o‘yinlar namoyon etib, umumiy hisobda 44 ochko to‘plashdi va mavsumni 7-o‘rin bilan yakunlashdi.

“Mash’al” U21 jamoasiga kelasi mavsumda omad va yuqori natijalar tilaymiz!