Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan U21 chempionati bahsida “Mash’al” yoshlar jamoasi “Qizilqum” yoshlari mehmoni bo‘ldi. Bellashuv kurashlarga boy o‘tdi va 1:1 hisobida durang natija qayd etildi.
Uchrashuvning 36-daqiqasida navoiyliklar safida Akmalxon Muzaffarov hisobni ochdi — 1:0.
Shundan so‘ng “Mash’al” yoshlari tashabbusni qo‘lga oldi va 66-daqiqada Asan Vaniev jamoamiz uchun hisobni tenglashtirdi — 1:1.
73-daqiqada Asan Vaniev ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng maydonni tark etdi, shunga qaramay, jamoamiz o‘yinni irodali tarzda yakuniga yetkazdi.
Shu tariqa, “Mash’al” yoshlari safardan bir ochko bilan qaytmoqda. Yigitlarimizga navbatdagi bahslarda ham omad tilaymiz!
 Qizilqum U21 – Mash’al U21 1:1
 Gollar: Akmalxon Muzaffarov (36) — Asan Valiyov (66)
Chetlatish.Asan Valiyov (73, Mash’al)











