Yoshlarimiz og‘ir o‘tgan uchrashuvda qiyin g‘alaba qozondi

29.09.2026

U19 chempionatining 15-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvda «Mash’al» U19 jamoasi «Jayxun» U19ga qarshi maydonga tushdi.

Murosasiz va qiziqarli kechgan uchrashuvda jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 11-daqiqada ochildi. Muhammadyusuf Valijonov o‘zining aniq zarbasi bilan «Mash’al»ni oldinga olib chiqdi.38-daqiqada esa Abbosbek Kamolov raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoamizning ustunligini yanada mustahkamladi — 2:0. Ikkinchi bo‘limda «Jayxun» jamoasi hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 70-daqiqada Nazarbek Bozorovning avtogoli qayd etildi.Qolgan daqiqalarda futbolchilarimiz ishonchli harakat qilib, raqibning yana gol urishiga yo‘l qo‘ymadi. Yakunda «Mash’al» U19 — «Jayxun» U19 2:1.

«Mash’al» U19 — «Jayxun» U19 2:1.

 Gollar:

  • 11-daqiqa — MuhammadYusuf Valijonov
  • 38-daqiqa — Abbosbek Kamolov
  • 70-daqiqa — Nazarbek Bozorov (avtogol)

 UChRAShUV RASMIYLARI

Bosh hakam: Elnur Doniyorov

Yordamchi hakamlar: Jabbor Panjiev, Nurbek Ayzamov

Hakamlar nazoratchisi: Artyom Kalinin

Uchrashuv komissari: Husniddin Rahmonov

 

«MASh’AL» U19

Boshlang‘ich tarkib:
75. Kamronbek Hamroev — 33. Boymurod Shamuradov — 36. Javohir Abdulazizov — 46. Javohir Avazxonov — 60. Samandar Tursunboev — 68. Doniyorbek Egamov — 71. Sherxan G‘afurov (C) — 74. Abbosbek Kamolov — 76. Firdavs Jo‘liev — 92. Nazarbek Bozorov — 96. Muhammadyusuf Valijonov

Zaxira:
61. Og‘abek Irgashev — 42. Diyorbek Rahimjonov — 47. Kamronbek Abdullaev — 58. Sadriddin Toirov — 89.
Xojiakbar Olimov — 93. Bobir Abdushukurov — 95. Elyor Suyunov

«JAYXUN» U19

Boshlang‘ich tarkib:
56. Merey Jarlikasinov — 9. Shohruh Muratbaev — 20. Diyas Barliqbaev — 24. Rishad Saparov — 25. Jo‘rabek Maratov — 26. Jahongir Aminov — 42. Ruslanbek Qudaybergenov — 47. Dilshodbek Norimbatov — 70. Ajiniyaz Otemisov — 87. Aqilbek Allambergenov (C) — 89. Ruslan Kutlimuratov

Zaxira:
33. Nurtas Amangeldiev — 29. Alpamis Amanbaev — 32. Timur Ongarbaev — 67. Navrizbek Toreniyazov — 71.
Jo‘rabek Shermaxambetov — 72. Samir Idrisov — 88. Mamit Xojabaev — 90. Sultanbek Kuralbaev