Yoshlarimiz safarda mag‘lub bo‘lishdi

02.03.2026

Farg‘onada bo‘lib o‘tgan U21 chempionati bellashuvda “Neftchi” yoshlari minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv taqdirini 52-daqiqada belgilab berilgan penalti hal qildi. Nurbek Sarsenbaev 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga yagona golni taqdim etdi. O‘yin davomida har ikki jamoa ham ehtiyotkorona harakat qildi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa mezbonlar imkoniyatdan foydalanib ketdi. Qolgan daqiqalarda “Mash’al” hisobni tenglashtirish uchun oldinga intildi, ammo hujumlarda samara bo‘lmadi. Shu tariqa, “Mash’al” U21 jamoasi safar uchrashuvida ochkosiz qoldi.

Neftchi U21 – Mash’al U21 1:0

Gol: Nurbek Sarsenbaev, 52-daqiqa (penalti)

Neftchi U21 (Farg‘ona): 16. Ibroxim Shokirov, 17. Azizbek Murotov, 19. Azizbek Erimbetov, 24. Husanboy Umirzaqov (sardor), 27. Nurbek Sarsenbaev, 28. Muhammadqodir Rasuljonov, 29. Yahyoxon Isaqov, 40. Abdulloh Rashidov, 50. Fayzullo Nurmuhammadov, 73. Elsevarbek Olimov, 79. Asilbek To‘xtasinov.
Zaxira: 13. Abdulmo‘min Nurmuxammadov, 36. Amirbek Berdiev, 37. Javohirbek Maxmudov, 42. Muhammadsoxib Tursunov, 57. Sanjarbek Maxsudbekov, 66. Hasanboy Umirzakov, 72. Xusniddinbek Akbarov, 78. Mujohidbek Olimov, 80. Albert Nurullaev.
Bosh murabbiy: Roman Sanjar.

Mash’al U21 (Muborak): 25. Samandarbek Jo‘rabekov, 3. Asan Vaniev, 20. Azizbek Abdumo‘minov, 29. Axror Murodov, 45. Suxrobjon Parmonqulov, 55. Farruh Toshpo‘latov, 66. Diyorbek Mamataaliev, 70. Azizbek Choriev, 72. Normurod Qo‘charov, 87. Muhammadali Boymurodov, 88. Axrorbek Rahimov.
Zaxira: 75. Kamronbek Hamraev, 33. Boymurod Shamuradov, 38. Sunnatulla Yarashev, 39. Asadbek Toshpo‘latov, 40. Ruhiddin Xolmatov, 41. Asadbek Umarqulov, 67. Og‘abek Abdiraximov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.
Bosh murabbiy: I. Sakaev.