U21 Birinchiligi. 26-tur
“Bunyodkor” – “Mash’al” — 1:2
U21 birinchiligi doirasidan o‘rin olgan navbatdagi turda Muborakning “Mash’al” jamoasi Toshkentda mehmon bo‘lib, “Bunyodkor” yoshlariga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuv juda keskin va qiziqarli o‘tdi. O‘yinning 26-daqiqasida Ahror Murodov aniq zarbasi bilan hisobni ochdi — 0:1.
Ordan ko‘p o‘tmay, 34-daqiqada Elnurbek Saitmurotov raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ikki barobar oshirdi — 0:2.
Ikkinchi bo‘limda “Bunyodkor” jamoasi ustunlikni qo‘lga olishga urinib, faol harakat qildi. 84-daqiqada Shoraxim Shoraxmedov javob golini urdi — 1:2, ammo bu natijani o‘zgartira olmadi.
Shu tariqa, “Mash’al” yoshlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, jadvaldagi o‘rnini mustahkamlab oldi.
⚽ Gollar:
Ahror Murodov (26) – 0:1
Elnurbek Saitmurotov (34) – 0:2
Shorahim Shorahmedov (84) – 1:2









