Asror Aliqulov "Mash’al"dan ketgani yo‘q – u vaqtincha ta’tilda

22.07.2025

Ikkinchi davraga qizg‘in tayyorgarlik olib borayotgan Muborakning “Mash’al” jamoasida murabbiylar shtabida vaqtincha o‘zgarish yuz berdi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bosh murabbiy Asror Aliqulov jamoa bilan bo‘lmayotgani aytilayapti.

Mazkur holat bo‘yicha olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Asror Aliqulov vaqtincha ta’tilga chiqqan. Ta’tilning sababi — oilaviy sharoitlar bilan bog‘liq. Uning “Mash’al” bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi va klub murabbiyga to‘liq ishonch bildiradi.

Ayni paytda jamoani Otabek Narzullaev ikkinchi davraga tayyorlamoqda