“Mash’al” akademiyasi – “NEW UZBEKISTAN CUP BUXARA 2025” musobaqasida

04.08.2025

O‘zbekiston futbolining istiqbolli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash va ularni o‘sishga ruhlantirish maqsadida Buxoro shahrida “NEW UZBEKISTAN CUP BUXARA 2025” musobaqasi start oldi. Unda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 8 ta nomdor futbol akademiyalari va yoshlar jamoalari ishtirok etmoqda.

Ushbu musobaqada Xumoyun Abdusattarov boshchiligidagi “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchilari — 15-16 yoshli iqtidorli futbolchilarimiz ham qatnashmoqda. 

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar:

1.      Mash’al

2.      Nasaf

3.      BFA Akademiya

4.      Sohibkor Juniors

5.      Buxoro

6.      Xumo

7.      XVFM (Xorazm viloyati futbol maktabi)

8.      Bunyodkor Kids

Bu kabi musobaqalar yosh futbolchilar uchun o‘ziga xos tajriba maktabi hisoblanadi. Ular nafaqat maydondagi harakatlari bilan, balki jamoaviy o‘yin, intizom va g‘alabaga ishonch kabi fazilatlarni namoyon etishlari kutilmoqda.

Turnir doirasida “Mash’al” yoshlari bir necha kuchli jamoalarga qarshi maydonga tushib, o‘z iqtidorlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu musobaqa ularning keyingi o‘sishlari va kelajakda katta futbolga yo‘l ochishi uchun muhim qadam hisoblanadi.

“Mash’al” yoshlar jamoasi B guruhidan o‘rin olgan.


 

А guruhi 



Yosh futbolchilarimizga omad va g‘alaba tilaymiz!

#MashalAcademy #NewUzbekistanCup2025 #YoshlarFutboli