U19 Birinchiligi doirasida Muborak shahrida o‘tgan uchrashuv muxlislarga haqiqiy futbol bayramini taqdim etdi. Maydonga tushgan har ikki jamoa ham g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi.
Bellashuvning dastlabki daqiqalaridanoq kurash qizg‘in tus oldi. 7-daqiqada mehmonlar safida Sherzodbek Ozodov gol kiritib, hisobni ochdi. Biroq “Mash’al” yoshlari javobni uzoq kuttirmadi — 10-daqiqada Abbos Kamolovning aniq zarbasi hisobni tenglashtirdi. Kamolov oradan 8 daqiqa o‘tgach, yana bir gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi taymda “Xorazm” yoshlari ham tish-turpini ko‘rsatishdi. 48-daqiqada yana Ozodov gol kiritib, hisobni 2:2 qildi. Shundan so‘ng o‘yin yanada dramatik tus oldi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun maydonda borini berdi.
79-daqiqada Sunnatillo Yarashevning mahoratli zarbasi esa uchrashuv taqdirini hal qildi. “Mash’al” yoshlari 3:2 hisobida muhim g‘alabaga erishishdi.
 “Mash’al U19” tarkibi:
Ma’murov Xojiakbar, Shomurodov Boymurod, Raximov Axror (S), Yarashev Sunnatillo, Xolmatov Ruxiddin, Abduraximov Ogabek, Olimov Ozod, Choriev Aziz, Kucharov Normurod, Kamolov Abbos, Boymurodov Muxammadali.
Zaxiradagilar: Xoshimov Nazar, Xamidov Mironshox, Abdulazizov Javohir, Yusupov Diyor, Valijonov Muxammadyusuf, Choriev Chingiz, Aliev Samandar, Tursunboev Samandar, Gafurov Sherxan.
“Xorazm U19” tarkibi:
Jumaniyozov Azizbek, Sultonov Mansurbek, Sa’dullaev Anvarbek, Ozodov Sherzodbek, Qushnazarov G‘iyosbek, Sapaev Bunyodbek, Rajabov A’zamjon, Baxodirov Shaxriyor, Zaripboev Ismoiljon, Kurbanov Dostonbek (S), Egamberdiev Fatxulla.
Zaxiradagilar: 5. Feruzbek Ulug‘bekov, 67. Suhrob Samandarov, 68. Elyor Quramboev, 70. Mansur Xo‘jiyozov, 74. Diyorbek Sultonmurodov, 75. Azizbek Xudarganov, 83. To‘lqinbek Botirov, 91. Komronbek Xo‘jaev, 93. Farrux Qo‘shimmatov
Umid Bobonazarov boshchiligidagi “Mash’al U19” shogirdlari ushbu g‘alaba bilan turnir jadvalidagi mavqeini mustahkamlab, keyingi bahslarga ham yuqori kayfiyatda tayyorlanmoqda.












