Muborakning Mash’al FK Muborak jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda. Klub rahbariyati nigeriyalik yarim himoyachi Rafael Viashima Ayagwa bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.
27 yoshli futbolchi maydon markazida barqaror o‘yini, to‘p bilan muomala madaniyati va jismoniy tayyorgarligi bilan ajralib turadi. U faoliyati davomida Nigeriya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan.
Ayagva klub darajasida ham xalqaro tajriba orttirgan. Xususan, u Norvegiyaning Lillestrøm SK, AQShning FC Tulsa jamoalari hamda Misr va Liviya chempionatlarida ishtirok etuvchi bir qator klublar sharafini himoya qilgan.
«Mash’al» futbol klubi Rafael Ayagvaga jamoamiz safida omad va muvaffaqiyat tilaydi.


